Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

FIFA Luis Enrike va Joau Neveshni jazolashi mumkin

FIFA Luis Enrike va Joau Neveshni jazolashi mumkin

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike va parijliklar yarim himoyachisi Joau Nevesh FIFA tomonidan jazoga tortilishi mumkin, deb yozadi L’Equipe.

Manbaga ko‘ra, o‘yindan keyin "Chelsi" hujumchisi Joao Pedroni turtib yuborgan Enrike va Kukurelyaning sochidan tortib qizil kartochka olgan Nevesh o‘z xatti-harakatlari uchun jazo olishi mumkin. Jazo jarimadan diskvalifikasiyagacha bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, odatda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida qo‘llaniladigan intizomiy jazo choralari boshqa musobaqalarga nisbatan qo‘llanilmaydi, ammo bu safar FIFA qarorni qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

Final hushtagidan so‘ng futbolchilar o‘rtasida mushtlashuv boshlandi va parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike jahl ustida ingliz klubining uchinchi goliga mualliflik qilgan "Chelsi" hujumchisi Joao Pedroni bo‘g‘zidan olib, turtib yubordi.

Kiritildi: 09:36 15.07.2025. O'qildi: 714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!