Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

FIFA KO‘JChni har ikki yilda bir o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqadi

FIFA KO‘JChni har ikki yilda bir o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqadi

FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.

The Guardian xabariga ko‘ra, Xalqaro futbol federasiyasi 2029 yildan boshlab har ikki yilda bir marta turnir o‘tkazish g‘oyasini baholaydi. Turnirlar oralig‘idagi vaqtni qisqartirishni "Real" taklif qilgandi, bu yilgi mavsumni o‘tkazib yuborgan bir qator klublar, jumladan, "Liverpul", "Barselona", "Napoli" va "Manchester Yunayted" madridliklarning tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Shuningdek, ishtirokchilar sonini ko‘paytirish (32 tadan 48 tagacha) va "bir mamlakatdan ko‘pi bilan ikkita klub" qoidasidan voz kechish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

FIFA to‘liq taqvim bilan bog‘liq tanqidlar fonida terma jamoalarning iyun oyidagi o‘yinlaridan voz kechish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin, ammo bu yoz boshida Millatlar ligasi final bosqichini o‘tkazadigan UYEFAning qarshiligiga sabab bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 10:36 18.08.2025. O'qildi: 819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!