Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

FIFA KO‘JCh ochilish o‘yini uchun chiptalarni sotishda muammoga duch kelmoqda

FIFA KO‘JCh ochilish o‘yini uchun chiptalarni sotishda muammoga duch kelmoqda

FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ochilish uchrashuviga barcha chiptalarni sotishga muvaffaq bo‘lmayapti. Bu o‘yinda Misrning «Al-Ahli» jamoasi hamda AQShning «Inter Mayami» klubi o‘zaro to‘qnash keladi. Bu haqda "The Athletic" xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mayamida joylashgan «Xard Rok» stadioni 65 ming tomoshabinni sig‘dira oladi, ammo hozircha faqatgina 20 mingta chipta sotilgan. FIFA bu muammoni hal qilish uchun Mayami Deyd kolleji bilan hamkorlik o‘rnatdi. Ushbu ta’lim muassasasida 100 mingdan ziyod talabalar tahsil oladi. Har bir talaba chipta xarid qilsa, yana to‘rtta chiptani bepul qo‘lga kiritadi. Bu taklif doirasida chipta narxi 3,5 yevroga belgilangan.

«Biz stadionni to‘ldiramiz, atmosfera ajoyib bo‘ladi. Ha, hali sotilmagan chiptalar bor, ammo yaqin kunlarda ularni ancha katta miqdorda sotamiz», — dedi FIFA prezidenti Janni Infantino manbaga ko‘ra.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 2025 yil 14 iyundan 13 iyulga qadar AQShda bo‘lib o‘tadi. Musobaqada turli qit’alardan 32 jamoa ishtirok etadi va ular sakkizta guruhga bo‘linadi. Guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar 1/8 finalga yo‘l oladi.

Kiritildi: 09:19 13.06.2025. O'qildi: 614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!