«Barselona» FIFAga klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Leon»ning o‘rnini egallash masalasida murojaat qilgani ma’lum bo‘ldi.
May oyida Meksika jamoasi klubga egalik qoidalarini buzganligi uchun AQShdagi turnirdan chetlatilgandi.
Shundan so‘ng bo‘sh qolgan o‘rin «Amerika»ni pley-off bahsida mag‘lub etgan «Los-Anjeles»ga berildi.
Marca ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona» jahon chempionatida ishtirok etishni xohlagan. Kataloniyaliklar FIFAga tegishli iltimos bilan murojaat qilishgan, lekin rad javobi berilgan.
FIFA KONKAKAF jamoasidan bo‘shagan o‘rinni aynan shu federasiya klubi egallashi kerak deb qaror qilgan.