Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) dekabr oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi TOP-100 reytingidan 5 nafar grossmeysterimiz o‘rin olgan.
1. Magnus Karlsen (Norvegiya) – 2840
2. Xikaru Nakamura (AQSh) – 2810
3. Fabiano Karuana (AQSh) – 2795
4. Vinsent Keymer (Germaniya) – 2776
5. Arjun Erigaysi (Hindiston) – 2775
6. Alirizo Firudja (Fransiya) – 2762
7. Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston) – 2761
8. Anish Giri (Niderlandiya) – 2760
9. Vey Yi (Xitoy) – 2754
10. Gukesh Dommaradju (Hindiston) – 2754
* * *
O‘zbekistonlik shaxmatchilarning o‘rni:
17. Nodirbek Abdusattorov - 2732
22. Javohir Sindarov - 2726
38. Nodirbek Yakubboyev - 2691
47. Rustam Qosimjonov - 2671
85. Shamsiddin Vohidov - 2641.
Qizlarimizdan esa Afro‘za Hamdamova dunyo reytingida 41, Gulruhbegim Tohirjonova esa 69-o‘rinni band etib turibdi.