Ozarbayjon va Armaniston tinchlik shartnomasi imzolanishiga yaqinlashmoqda.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan bildirdi.
Fidan, jurnalistlar bilan suhbatda, Kavkazda tinchlikning muhimligiga urg‘u berdi: "Biz Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi kelishuvni mintaqada barqarorlik va tinchlik uchun o‘ta muhim qadam deb bilamiz, tomonlar kelishuvga yaqinlashmoqda".
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi chegarani delimitasiya qilish bo‘yicha komissiyalar nizomining tasdiqlangani bu taraqqiyotning yorqin namunasidir.
"Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik bitimi imzolangandan keyin Turkiya va Armaniston o‘rtasidagi munosabatlar ham normallashadi”, dedi u.