Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Festman ismli robotga Turkiya fuqaroligi berildi

Festman ismli robotga Turkiya fuqaroligi berildi

Turkiyada birinchi marta odamsimon robot mamlakat fuqarosi sifatida rasman ro‘yxatga olindi.

Bu haqda Milliyet gazetasi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Festman ismli gumanoid Samsun viloyatining Janik tumanida shaxsini tekshirish jarayonidan o‘tgan.

Shunday qilib, Festman Turkiya fuqaroligini olgan birinchi robot sifatida tarixga kirdi.

Ta’kidlanishicha, sun’iy intellekt sohasidagi imkoniyatlari bilan e’tiborni tortayotgan robotga faxriy guvohnoma ham taqdim etilgan.

Kiritildi: 09:20 12.09.2025. O'qildi: 534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!