Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Fernandesh yozda Saudiya klublaridan kelgan uchta taklifni rad etgan

Fernandesh yozda Saudiya klublaridan kelgan uchta taklifni rad etgan

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh kamida yana bir mavsum Yevropada qoladi. Bu haqda TalkSPORT nashri xabar berdi.

Portugaliyalik futbolchi bu yozda Saudiya klublaridan kelgan uchta taklifni rad etgan. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan «Al Hilol» Fernandeshni olish uchun faol harakat qilgan.

Xabarlarga ko‘ra, «Al Hilol» Fernandesh rozi bo‘lganida 80 million funt sterlingdan ortiq pul to‘lashga tayyor bo‘lgan. Shuningdek, portugaliyalik yarimhimoyachiga Krishtianu Ronalduning klubi «An Nasr» ham qiziqish bildirgan va iyul oxirida norasmiy taklif yo‘llagan.

Ayrim norasmiy xabarlarga ko‘ra, Ronaldu klubning transfer siyosatini shaxsan nazorat qila boshlagan. Lekin Fernandeshning o‘zi Krishtianu bilan gaplashib, kamida bir yil Yevropada qolish niyatini aytgan.

Qolaversa, futbolchi «Al Ittihod» variantiga ham qiziqish bildirmagan. Shu bilan birga, u 2026 yil yozda Saudiyaga ko‘chib o‘tish ehtimolini inkor qilmayapti.

Kiritildi: 23:03 06.09.2025. O'qildi: 695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!