Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Fermerlarga tazyiq o‘tkazgan Boyovut tumani hokimiga intizomiy jazo chorasi ko‘rish uchun taqdimnoma kiritildi

A A A
Fermerlarga tazyiq o‘tkazgan Boyovut tumani hokimiga intizomiy jazo chorasi ko‘rish uchun taqdimnoma kiritildi

Kuni kecha Boyovut tumani hokimligi mutasaddilari tomonidan fermerlarga zo‘ravonlik ishlatishi, yer uchastkalarini topshirish to‘g‘risida ko‘rsatma berishi holatlari ayrim mansabdorlarning noqonuniy xatti-harakatlarini ko‘rsatmoqda.

Sodir etgan xatti-harakatlar Sirdaryo viloyati hokimligi Odob-axloq komissiyasi yig‘ilishida keskin tanqidiy muhokama etilgan va Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralovaga nisbatan tegishli tartibda intizomiy jazo choralarini ko‘rish uchun viloyat hokimiga taqdimnoma kiritilgan.

«Shu bilan birga, hududlarda fermerlar faoliyatiga noqonuniy aralashuv, ularga zo‘ravonlik qilish, mol-mulklarini erkin tasarruf etishga to‘sqinlik qilish holatlarini keskin qoralaymiz, mansabdor shaxslarni qonunlarga rioya etishga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini bu borada qat’iy nazorat o‘rnatishga chaqiramiz»,
— deyiladi O‘zLiDeP bayonotida.

Kiritildi: 13:02 03.11.2024. O'qildi: 1227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!