Eslaringizda bo‘lsa, biz bir necha kun oldin “Fermer Volkswagen ID.4 elektromobilidan ayrilishi mumkin” deb nomlangan xabarni joylashtirgan edik.
Ushbu Qo‘shtepa tumanida faoliyat olib boruvchi fermerning soliq qarzdorligi anchagina edi, va 15 kunlik ixtiyoriy muddatda ham qarzdorligini bartaraf etmagani sababli uning suyukli toychog‘i xatlangan edi.
Auksionga sotilish arafasida fermerga mashinasini yo‘qotish xavfi tug‘ilgani xabar berildi.
Fermer avtomashinasini juda yaxshi ko‘rardi yo piyoda yurishdan charchagan ko‘rinadi....bu habarni eshitiboq, fermer darhol harakatga kirishdi.
U bir necha kun ichida 57 mln so‘m qarzdorligini to‘lagan holda, mashinasini saqlab qolish imkoniga ega bo‘ldi. Bu voqea uning hayotiy sabog‘i bo‘lib qoldi — u endilikda har qanday qarzni o‘z vaqtida to‘lashga qaror qilgan.