O‘quvchilarimiz uchun yana bir qancha siyosiy bo‘lmagan yangiliklar.
Turkiyaning «Fenerbaxche» futbol klubi portugaliyalik Joze Mourino jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi.
«Fenerbaxchega xush kelibsiz, maxsus», - deyiladi klub matbuot xizmatining X ijtimoiy tarmog‘idagi postida.
Mourino 61 yoshda. 2021 yilning mayidan 2024 yilning yanvarigacha u Italiyaning «Roma» klubini boshqargan. U bilan jamoa 2021/22 yilgi mavsumda Konferensiya ligasidagi ilk qura g‘olibiga aylandi. Shundan so‘ng, klub 2023/24 yilgi mavsumda Yevropa ligasi finaliga chiqdi.