Bugun 1 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Fayzullayevning transfer shartlari ma’lum bo‘ldi

Fayzullayevning transfer shartlari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi hujumkor yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev SSKAdan "Istanbul Bashakshehir"ga o‘tdi. Rossiyalik mashhur insayder Ivan Karpov o‘zining "Insayd ot Karpa" telegram-kanalida xabar berishicha, 21 yoshli Fayzullayevning transfer summasi 7,5 million yevroni tashkil etgan. Bundan tashqari, klublar o‘rtasidagi kelishuvda SSKA Abbosbekning keyingi transferi summasining 10 foizini olishi ko‘rsatilgan. Shartnoma esa, 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Abbosbek SSKA safida ikki mavsum to‘p surdi. Futbolchi "armiyachilar" safida 72 ta rasmiy o‘yinda 8 ta gol va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O‘tgan yilgi Turkiya chempionatida "Istanbul Bashakshehir" beshinchi o‘rinni egallagan edi. Hozirda jamoa UYEFA klublar o‘rtasidagi uchinchi turnir - Konferensiyalar ligasi saralashida ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 23:56 30.07.2025. O'qildi: 1465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!