Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Faxriy donori“ ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqi berilyapti

A A A
“Faxriy donori“ ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqi berilyapti

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisda deputatlar tomonidan O‘zbekistonda donorlik harakatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilmoqda.

Qonun loyihasi bilan “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori“ ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish, shahar jamoat transportining barcha turlaridan (yo‘nalishi va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish huquqini berish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqi berilyapti.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi donorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, aholi orasida beg‘araz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Kiritildi: 02:31 15.01.2025. O'qildi: 1357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!