Sankt-Peterburgda 13 yoshli bola firibgarlarga 10 mln. rubl (ya’ni $123 ming)dan ortiq pulni berib yubordi.
Unga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib, go‘yo ota-onasining pullarini "deklarasiya qilish kerak" deb aldashgan.
Yigitcha 9,9 mln. rublni kuryerga o‘z qo‘li bilan topshirgan, yana 350 ming rublni esa noma’lum hisob raqamiga o‘tkazgan.
Ota-ona bu vaqtda qayerda bo‘lgani hozircha ma’lum emas. Firibgarlar qidirilmoqda.