Bugun 1 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Farzand egizak bo‘lsa, moddiy yordam egizaklarning har biri uchun beriladimi?

Farzand egizak bo‘lsa, moddiy yordam egizaklarning har biri uchun beriladimi?

Ma’lumki, ayrim toifadagi ota-onalarga farzandi uchun moddiy yordam berilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Imomali Tuyevning ta’kidlashicha, agar bolalar egizak bo‘lsa, moddiy yordam egizaklarning har biri uchun beriladi.

Shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgani sababli oilasidan olingan bolalar (keyingi o‘rinlarda — ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar)ni muqobil joylashtirish shakllarini takomillashtirish hamda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning jamiyatga integrasiyasini ta’minlash maqsadida o‘tgan yil 14 noyabrda Prezidentimizning yangi farmoni qabul qilinib, unga ko‘ra, quyidagilar qonunchilikda belgilab qo‘yildi.

Jumladan, 2025 yil 1 yanvardan boshlab mehribonlik uylari va bolalar uylariga kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini vaqtinchalik qabul qilish tartibi bekor qilinadi. 2025 yil 1 fevraldan boshlab og‘ir hayotiy vaziyatda va yaqin qarindoshlari ko‘magisiz qolgani natijasida farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar va ularning bolalari (4 yoshga to‘lmagan) 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi.

Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, ularda onalik va kasbiy ko‘nikmalar shakllantiriladi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim olish, bandligini ta’minlash, davolanish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.
Kiritildi: 23:15 05.03.2025. O'qildi: 1188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!