Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

“Farhod”, “O‘rikzor”, “Qo‘yliq”, “Ippodrom”: Toshkentda deyarli barcha bozorlar sotiladi

“Farhod”, “O‘rikzor”, “Qo‘yliq”, “Ippodrom”: Toshkentda deyarli barcha bozorlar sotiladi

Toshkentdagi deyarli barcha bozorlar, jumladan “Farhod”, “O‘rikzor”, “Qo‘yliq” va “Ippodrom” hamda shular qatori yana 31 ta bozor va savdo kompleksi hamda ularning shoxobchalari sotuvga qo‘yiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Toshkent shahrini 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 279-sonli qarorida belgilandi.

Qarorga muvofiq, poytaxtdagi jami 35 ta bozor va savdo kompleksi hamda ularning shoxobchalari ommaviy savdolarga chiqariladi. Hujjatga ko‘ra, sotuvga chiqarilayotgan ob’ektlar savdolarida “Toshkent invest kompaniyasi” AJ buyurtmachi sifatida ishtirok etadi. Kompaniya har bir ob’ekt bo‘yicha tayyor biznes loyihasini ishlab chiqadi va shu asosda ular sotuvga qo‘yiladi. Kompaniyaga savdoga chiqarish xarajatlari va mazkur sotuv jarayonidan tushgan mablag‘ning 1 foizi o‘tkazib beriladi.

Qayd etilishicha, bozor va savdo kompleksi hamda ularning shoxobchalari hududida zamonaviy ekobozorlar, savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari, ko‘ngilochar majmualar hamda ko‘p qavatli avtoturargohlar barpo etiladi. Zarur hollarda ushbu ob’ektlar negizida yangi investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun binolar “Toshkent invest kompaniyasi” AJga o‘tkazilishi mumkin.

Sotuvga qo‘yiladigan ob’ektlar orasida “Navro‘z” dehqon bozori, “Chilonzor buyum savdo kompleksi”, “Bek to‘pi” savdo kompleksi, Sergeli dehqon bozori, Sergeli avtotransport va ehtiyot qismlari bozori, “Parkent” universal savdo kompleksi, “Yangiobod” ixtisoslashgan bozori, “Aviasozlar” dehqon bozori, “Qora-qamish” va “Farhod” dehqon bozorlari, “O‘riqzor” savdo kompleksi, “Qo‘yliq” dehqon bozori, “Beshqo‘rg‘on savdo” MCHJ hamda boshqa ob’ektlar va mazkur bozor shoxobchalari mavjud.

Shuningdek, hujjatda keltirilishicha, Toshkent shahridagi boshqa dehqon (oziq-ovqat) bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlari (savdo komplekslari)ning shoxobchalari hamda ularning bo‘sh turgan maydonlari master rejalar va belgilanadigan shartlar asosida baholangan qiymatda elektrton onlayn auksion savdolariga chiqariladi.

Kiritildi: 12:02 30.07.2026. O'qildi: 1446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!