Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Farg‘onaga uchayotgan yo‘lovchi camolyoti Turkmanistonda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Farg‘onaga uchayotgan yo‘lovchi camolyoti Turkmanistonda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Farg‘onaga uchayotgan yo‘lovchi camolyoti Turkmanistonda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Centrum Air aviakompaniyasi rasmiy xabarida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun Centrum Air aviakompaniyasining Madinadan Farg‘onaga uchayotgan A321neo samolyoti Turkmaniston havo hududidan uchib o‘tayotganda dvigatel moyi sizib chiqqan.

"Yo‘riqnomaga muvofiq, havo kemasi komandiri Farg‘ona xalqaro ayeroportiga parvozni o‘zgartirib, uni Turkmanistoning Marv shahri ayeroportiga yo‘naltirishga qaror qildi. Samolyot komandiridan bildirishnoma olgach, Marv ayeroportiga zaxira samolyotni yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Zaxira samolyoti ayeroportga yetib borganidan so‘ng, yo‘lovchi va ularning yuklari Farg‘onaga eson-omon yetkazildi", deyiladi aviakompaniya xabarida.

Kiritildi: 22:09 01.02.2025. O'qildi: 1255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!