Xerson viloyati ma’muriyati rahbari Oleksandr Prokudin Rossiyaning zarbalari oqibatida jabrlanganlar bor yoki yo‘qligi tekshirilayotganini ma’lum qildi.
Avvalroq Xerson viloyati kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Yuriy Sobolevskiy mazkur binodan anchadan buyon foydalanilmayotgani, u oldin ham bir necha bor Rossiya zarbasiga uchragani va hech qanaqasiga qarorlar qabul qilish markazi sanalmasligini aytgan edi.