Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiyaning Voronej viloyatida temir yo‘lda portlash sodir bo‘ldi

 Rossiyaning Voronej viloyatida temir yo‘lda portlash sodir bo‘ldi

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Voronej viloyatidagi Evdakovo va Saguni stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l uchastkasida portlash yuz bergan.

“Vesti Voronej” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, poyezdlar harakati bir yo‘nalishda to‘xtatilgan, vagonlar relsdan chiqmagan, jabrlanganlar yo‘q.

Hudud gubernatori Aleksandr so‘zlariga ko‘ra, Voronej viloyatining janubiy qismidagi temir yo‘l qismida bir nechta poyezdlar to‘xtatilgan, portlash sababi hozircha noma’lum.

Kiritildi: 14:19 05.06.2025. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!