Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Farg‘onadagi YTHda er-xotin vafot etdi

Farg‘onadagi YTHda er-xotin vafot etdi

Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida Cobalt va Damas to‘qnashishi oqibatida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Cobalt haydovchisi atrofni tuman qoplagan bo‘lishiga qaramay, ehtiyotsizligi va beparvoligi tufayli qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketishi oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Damas’ga borib urilgan.

YTH oqibatida Damas haydovchisi hodisa joyida halok bo‘lgan. Ushbu avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan haydovchining turmush o‘rtog‘i va Cobalt haydovchisi hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari bilan tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan Damas yo‘lovchisi o‘sha kuni shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Cobalt haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan ish ochilgan. Sud hukmiga ko‘ra, un 3 yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilinib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Xabarda aytilishicha, unga jazo tayinlashda jabrlanuvchilarning qonuniy vakilining da’vosi yo‘qligi, yetkazilgan zarar qoplangani inobatga olingan.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!