Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Farg‘onada yana bir "zamonaviy o‘g‘irlik" jinoyati fosh etildi

A A A
Farg‘onada yana bir "zamonaviy o‘g‘irlik" jinoyati fosh etildi

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yashovchi 29 yoshli fuqaro A.X. ariza bilan murojaat qilib, "noma’lum shaxs" uning bank kartasidan 1.425.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘zlashtirganligini ma’lum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida yashovchi 25 yoshli fuqaro A.J. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, A.J. soxta havola yaratib, uni "onlayn kredit" yoki "moddiy yordam olish uchun bu manzilga bank karta ma’lumotingizni kiriting" mazmunidagi soxta reklamalar bilan, turli kanal va guruhlarda tarqatib, bank karta boshqaruvini berib qo‘ygan fuqarolarning pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib kelgan.

Jinoyat sodir etgan A.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va uning boshqa jinoyatlarini ham aniqlash yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, A.J. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 14:19 12.04.2023. O'qildi: 2028 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!