Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onada xodimlarini uyida loy bosishga majburlagan rahbarga hayfsan berildi

Farg‘onada xodimlarini uyida loy bosishga majburlagan rahbarga hayfsan berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati arxiv ishi boshqarmasi rahbari qo‘l ostidagi xodimlarni uyida loy bosishga majburlanishi haqidagi xabar «O‘zarxiv» agentligi tomonidan Ishchi guruh tuzilib, joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqildi.

Agentlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘rganish jarayonida 2019 yil 16 iyulda soat 6:00-8:40lar oralig‘ida jami 12 nafar xodim o‘z ixtiyori bilan hasharda ishtirok etganligi aniqlandi.

Hasharda ishtirok etgan xodimlarning har biri bilan, shuningdek davlat arxivlarining boshqa xodimlari bilan yakkama-yakka suhbatlar o‘tkazilgan.

«Garchand, hasharda ishtirok etgan xodimlar tomonidan hashar o‘tkazilayotganligini eshitib o‘z ixtiyori bilan boshqarma boshlig‘i YU.Kamolovning xonadoniga ishdan tashqari vaqtda borganligini, ularni hech kim majburlamaganligini, ishdan bo‘shatish bo‘yicha tahdidlar qilinmaganligini, ular tomonidan biror tashkilotga og‘zaki yoki yozma ravishda shikoyat qilinmaganligi ma’lum qilingan bo‘lsa-da, Farg‘ona viloyati arxiv ishi boshqarmasi boshlig‘i YU.Kamolovga nisbatan rahbarlik etikasi va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etmaganligi, xodimlar o‘rtasida sog‘lom muhitni yarata olmaganligi sababli «Hayfsan» e’lon qilindi hamda lavozimga loyiqlik masalasini ko‘rib chiqish belgilandi.

«O‘zarxiv» agentligi majburiy mehnatning har qanday turini qoralaydi hamda unga doimo qarshi turishini ma’lum qiladi», - deyiladi xabarda.

Kiritildi: 10:41 22.08.2019. O'qildi: 1499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!