Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘onada o‘quv seminar-trening tashkil etildi

Farg‘onada o‘quv seminar-trening tashkil etildi

Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida sudlar faoliyatini yoritish masalalari bo‘yicha mahalliy jurnalist va blogerlar uchun o‘quv seminar-trening tashkil etildi.

Unda ishtirokchilarga Oliy sud Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xodimlari tomonidan sud muhokamasi oshkoraligi, sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqining amalga oshirilishi, shuningdek, sudlar tomonidan mazkur masalaga oid qonun hujjatlari bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020 yil 21 fevraldagi kuni “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, seminar-trening davomida malakali trenerlar sud organlarining ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorligining huquqiy asoslari, axborot tarqatishda shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, javobgarlik masalalari hamda sud ishlariga doir materiallarni tayyorlashning muhim jihatlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berishdi.

O‘quv mashg‘uloti so‘ngida Farg‘ona viloyati sudlari raislari bilan jurnalist va blogerlar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazilib, tomonlar o‘zaro fikr almashdilar va ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Farg‘onada o‘quv seminar-trening tashkil etildiFarg‘onada o‘quv seminar-trening tashkil etildiFarg‘onada o‘quv seminar-trening tashkil etildiFarg‘onada o‘quv seminar-trening tashkil etildi

Kiritildi: 00:07 07.07.2021. O'qildi: 2185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!