Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada tomorqasida 60 tup kannabis parvarishlab kelayotgan fuqaro ushlandi

Farg‘onada tomorqasida 60 tup kannabis parvarishlab kelayotgan fuqaro ushlandi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 11 may kuni kannabis giyohvand moddasini parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston tumani IIB TEQKB va JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida «Qudash» MFY hududida yashovchi fuqaro P.YU.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 60 tup kannabis giyohvandlik o‘simliklarini parvarishlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:55 22.05.2022. O'qildi: 1668 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!