Ijtimoiy tarmoqlarda ilondon sho‘rva tayyorlanayotgani aks etgan video tarqaldi.
Holat Farg‘ona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ekologik nazorat inspeksiyasi hamda 1-mintaqaviy PPX xodimlari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish natijasida Oltiariq tumani "Zilha" MFY hamda Buvayda tumani "Boston bo‘vo" MFY hududlaridagi qum barxanlarida huquqbuzar tomonidan tipratikan hamda ilon noqonuniy saqlanib, sho‘rva tayyorlab sotilayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborildi.