Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Farg‘onada tadbirkorning 443,5 mln so‘mlik dori vositalarini o‘zlashtirgan menejer qo‘lga tushdi

Farg‘onada tadbirkorning 443,5 mln so‘mlik dori vositalarini o‘zlashtirgan menejer qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.F.” MCHJning agent menejeri X.S. Buvayda va Uchko‘prik tumanlaridagi dorixonalarga yetkazib berilgan dori vositalari uchun naqd pul ko‘rinishida qabul qilingan 443,5 mln so‘mni MCHJ hisob-raqamiga kirim qilmasdan, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:27 29.07.2025. O'qildi: 562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!