Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Farg‘onada “Soliq Mobile” ilovasi orqali 3,2 mlrd so‘m mablag‘lar “Keshbek” sifatida talon-toroj qilinganligi fosh etildi

Farg‘onada “Soliq Mobile” ilovasi orqali 3,2 mlrd so‘m mablag‘lar “Keshbek” sifatida talon-toroj qilinganligi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar M.X., M.X., va K.I. o‘zaro til biriktirib, “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida turli nomdagi guruhlar tashkil etib, mazkur guruhlar orqali 7 ta MCHJlarga tegishli xarid cheklari uchun jismoniy shaxslarga 1 foizli va ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan shaxslarga 12 foizli “Keshbek” summasini onlayn tarzda sotish bilan shug‘ullanib kelib, mazkur 7 ta MCHJlar tomonidan hech qanday moliyaviy aloqalar amalga oshirilmagan bo‘lsa-da, go‘yoki 3,3 trln so‘mlik mahsulotlar va xizmatlar xarid qilinganligi haqida soxta elektron hisob-fakturalarni rasmiylashtirib, go‘yoki savdodan tushgan pullarni onlayn nazorat kassa mashinalari orqali kirim qilib, fuqarolarga sotganligi haqida xarid cheklarini chiqarib 211 584 nafar fuqaroga “Soliq Mobile” ilovasi orqali “Keshbek” sifatida 28,5 mlrd so‘m hisoblanib, shundan 3,2 mlrd so‘mi to‘lab berilib, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:15. O'qildi: 234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!