Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Farg‘onada "Open byudjet"ga ovoz yig‘ayotgan shaxsni IIO xodimlari olib ketdi

A A A
Farg‘onada "Open byudjet"ga ovoz yig‘ayotgan shaxsni IIO xodimlari olib ketdi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan "Open byudjet"ga ovoz yig‘ayotgan shaxsni IIO xodimlari olib ketishdi mazmunidagi videoxabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 18 mart kuni fuqaro SH.Q. tanishlari bilan O‘zbekiston tumani Yaypan bozori oldida, yo‘lning qatnov qismida avtomashinalarga xalaqit berib, odamlarni atrofiga to‘plab, "Open Byudjet"ga ovoz yig‘ayotgan payt, shu yerdagi fuqaroning telefoni yerga tushib ketgani uchun o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.

Shu sababli, IIO xodimlari u yerga yetib borishgan. Xodimlar kelishmovchilikni bartaraf qilib, fuqaro SH.Q.ga yo‘l chetida turib, faoliyatini davom ettirishi tushuntirilganda, u xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro SH.Q.ga nisbatan MJtKning 194-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga taqdim qilindi. Sud fuqaro SH.Q.ga nisbatan ba’zaviy xisoblashning to‘rt baravari miqdorida jarima jazosi tayinladi.

Kiritildi: 18:30 18.03.2024. O'qildi: 1569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!