Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 3 nafar bola jabrlandi, deb xabar berdi viloyat YHXB matbuot xizmati.
Hodisa, 16 oktyabr kuni, tahminan soat 12:30 larda Marg‘ilon shahar «B.Marg‘iloniy» ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Xususan, Nexia-1 rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan shaxs, ushbu ko‘chada joylashgan 33-sonli umumta’lim maktabi oldidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 nafar o‘quvchini ehtiyotsizlik sababli urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida 1 nafar o‘quvchi davolanish uchun shifoxonaga yuborilgan, 2 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, — deyiladi xabarda.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.