Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada Lacetti haydovchisi sodir etgan YTHda bir kishi halok bo‘ldi

Farg‘onada Lacetti haydovchisi sodir etgan YTHda bir kishi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida Lacetti va VAZ-2101 ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun 2024 yil 8 iyul kuni 10:30 larda yuz bergan.

Quva tumani “Soyguzar” MFY hududidan o‘tgan, 4R-112 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lida Lacetti bilan ketayotgan 25 yoshli R.O. boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

So‘ng ro‘paradan o‘z yo‘lidan kelayotgan VAZ-2101 mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda “Vaz-2101” rusumli avtomobil haydovchisi A.X og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, “Vaz-2101” rusumli avtomobil yo‘lovchisi 1989 yilda tug‘ilgan A.D. va Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi R.O. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Kiritildi: 23:05 08.07.2024. O'qildi: 1152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!