Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Farg‘onada IIB xodimi qarama-qarshi yo‘ldagi “Damas”ga borib urildi

A A A
Farg‘onada IIB xodimi qarama-qarshi yo‘ldagi “Damas”ga borib urildi

Rishton tumanida IIB xodimi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 28 noyabr kuni soat 09:30 larda Farg‘ona viloyati Rishton tumani, Bo‘ston qishlog‘i hududi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan tuman IIB xodimi leytenant H.M. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina yo‘lning nosoz qismida texnik shikastlanishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketishi natijasida, shu yo‘ldan harakatlanib kelayotgan haydovchi H.SH. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan. Transport vositalarining xaydovchilari xushyor holatda bo‘lishgan.

Sodir etilgan yo‘l transport hodisasi oqibatida “Spark” avtomobili haydovchisi H.M. “Damas” avtomobili haydovchisi H.SH. hamda uning 3 nafar yo‘lovchilari turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilganlar.

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:54 30.11.2022. O'qildi: 3542 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!