Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onada harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

Farg‘onada harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 22 sentyabr, payshanba kuni yengil yuk mashinasi yonib ketgani haqidagi xabarlarga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, shu kuni Uchko‘prik tumani «Bog‘ibo‘ston» mahallasi hududidan o‘tgan Qo‘qonboy ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz rusumli yengil yuk mashinasining mator va salon qismi yongan. Yong‘indan shassi va yukxona qismi saqlab qolingan.

Aniqlanishicha, yong‘inga gaz turubka qismining nosozligi sabab bo‘lgan. Oqibatda hech kim tan jarohati olib, jabrlanmagan. Hozirda zarar miqdori hisoblanayotgani ma’lum qilingan.

Kiritildi: 17:41 23.09.2022. O'qildi: 1620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!