Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Farg‘onada departament tergovchisi 100 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda

Farg‘onada departament tergovchisi 100 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona shahri bo‘limi tergovchisi 100 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

U Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida olib borilayotgan tergov harakatlarini ayblanuvchi foydasiga hal qilish va yetkazilgan zarar miqdorini kamaytirishni va’da qilgan. Bundan tashqari, u e’lon qilingan qidiruvni bekor qilib bermoqchi bo‘lgan.

Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi «a» bandi (Juda ko‘p miqdorda pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:40 03.11.2026. O'qildi: 904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik