Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari fosh bo‘ldi

Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari fosh bo‘ldi

Aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning O‘zbekiston bank xizmatlari markazida ishlovchi mahalla bankiri mazkur markaz boshqaruvchisi o‘rinbosari bilan o‘zaro til biriktirib, 2 nafar fuqaro nomiga 66 mln. so‘m kredit ajratib berish evaziga 10 mln. so‘m talab qiladi.

DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mahalla bankiri so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u kredit ajratib berish uchun muqaddam 600 ming so‘m, bank boshqaruvchisi o‘rinbosari esa 920 ming so‘m olganligi aniqlandi.

Shuningdek, “Xalq banki” O‘zbekiston BXM mansabdor shaxslari, O‘zbekiston tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi
2 nafar hokim yordamchisi va ulgurji savdoga ixtisoslashgan MCHJ rahbari soxta hujjatlar asosida boshqa fuqarolar nomiga 153 mln. so‘m miqdorida maqsadsiz kredit ajratilishiga erishib, ularni naqdlashtirib, talon-toroj qilganliklari ham ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining
168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, BXM boshqaruvchisi o‘rinbosari 2000 va 2015 yillarda Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan sudlangan bo‘lsada, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Kiritildi: 08:39 02.06.2025. O'qildi: 882 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!