Farg‘onada aka ukasining uyini ikki kishiga sotganligi ma’lum bo‘ldi. Uka buni bilmagan holda boshqa shaxsga ham sotishga uringan...
Voqea tafsilotiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Dilmurod ismli shaxs tanishi bo‘lgan Baxodirga uy olish kerakligini aytadi. Baxodir esa hech ham o‘ylanmasdan Farg‘ona shahrida yangi qurilgan sotiladigan uy borligini va uni sotib olishini taklif etadi.
Biroq kelishuv paytida Dilmurodga uy o‘z ukasining nomiga rasmiylashtirib qo‘ygani, shuningdek uy “Aloqabank” tomonidan olingan kreditga garov tariqasida qo‘yilgani, uyni kredit to‘lovlari tugagandan so‘ng uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib uni aldaydi.
Vaholanki, Baxodir ismli shaxs aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida 2017-2020 yillarda Farg‘ona shahrida joylashgan 12 sotixli, 2 qavatli uy-joy 2020 yil oxirida boshqa bir fuqaro Faxriddinga 750 mln. so‘m evaziga sotilgan bo‘lsa-da, 2021 yil oxirlarida xonadonni fuqaro Dilmurodga o‘zlariga tegishli ekanligini aytib, uni aldab, 48.000 AQSh dollari evaziga sotishga kelishib, Dilmuroddan 48.000 AQSh dollari (520,7 mln. so‘m) pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Shu orada uyning haqiqiy egasi Feruzbek ismli shaxs, ya’ni Bahodirning tug‘ishgan ukasi bundan bexabar uyni 2024 yil mart oyida “Aloqabank” tomonidan olingan kredit to‘lovlari tugagandan so‘ng 140.000 AQSh dollariga boshqa shaxsga sotib yuboradi.
Ana keyin esa akasining asli yuzi ochiladi !
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan. Sud qaroriga ko‘ra, ayblanuvchi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan 108 mln. so‘m jarima jazosi tayinlandi. Ayblanuvchi yetkazilgan barcha zararlarni qoplagan.