Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada 7 nafar o‘qituvchining oyligi berilmagan

Farg‘onada 7 nafar o‘qituvchining oyligi berilmagan

Farg‘ona shahridagi ta’lim muassasasida o‘qituvchilarning oylik maoshlari vaqtida berilmagan. Natijada fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudi tomonidan 7 nafar o‘qituvchilarga jami 28 milliondan ortiq ish haqini undirish belgilanadi.
Buni qarangki, qarzdor ta’lim muassasasi «chiqmagan jondan umid» qabilida ish tutib, sud qarori ustidan yuqori turuvchi sudlarga shikoyat qilib ko‘radi. Bu ishlar ham natija bermagach, muassasa ish haqini to‘lab berishdan qat’iy bosh tortgan.

Shundan keyin, byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan qarzdorning bank hisob raqamiga band solish orqali, 28 million 497,8 ming so‘m ish haqi va 1 million 715 ming so‘m davlat boji to‘liq undirib olinadi. Ayni damda 7 nafar o‘qituvchining plastik karta raqamlariga ish haqilar o‘tkazib berilgan.

Kiritildi: 18:14 14.09.2021. O'qildi: 1368 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!