Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi

Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi

Farg‘ona viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va oqava suv xizmatlari uchun yangi narxlar tasdiqlandi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, 24 aprel kuni Xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 1 maydan boshlab narxlar quyidagicha bo‘ladi:

Bir metr kub ichimlik suvi narxi:

  • aholi uchun — 3448 so‘m (amalda — 2128 so‘m);
  • byudjet va boshqa tashkilotlar uchun — 6944 so‘m (3350 so‘m).

Oqova suvi xizmatiga:

  • aholi uchun — 728 so‘m (amalda — 504 so‘m);
  • byudjet va boshqa tashkilotlar uchun — 1736 so‘m (870 so‘m).

Bunda, ushbu narxlar QQSni hisobga olgan holda keltirilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, yangi narxlarni belgilash ishlab chiqarish va ish haqi xarajatlari o‘sishi bilan izohlanadi.

Kiritildi: 00:45 28.04.2025. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!