Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “L.U.” MCHJ rahbari B.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, MCHJning Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahridagi savdo do‘konida tegishi kirim hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 1,7 mlrd so‘mlik 562 turdagi alkogolli mahsulotlar, shundan 29 turdagi qalbaki aksiz markali hamda 14 turdagi tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.