Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona shahrida faoliyat yurituvchi “F.G.” oilaviy korxonasi sotuvchisi J.A. xaridorga qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotganligi aniqlanib, ushbu savdo do‘konidan umumiy bahosi 50,2 mln so‘mlik turli nomdagi jami 1 371 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Quva va Yozyovon tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “R.SH.” xususiy korxonasi hamda “A.D.” MCHJ savdo do‘konlaridan tegishli hujjatlari bo‘lmagan jami 845 dona alkogol va turli nomdagi tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.