Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Farg‘ona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Farg‘ona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

O‘zenergoinspeksiya Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Farg‘ona tumanida "S.V.U." fermer xo‘jaligi elektr qurilmalari hisoblagichining ulanish sxemasini o‘zgartirib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 272,1 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:18. O'qildi: 156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!