O‘zenergoinspeksiya Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz ta’minoti korxonasi ishtirokida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Dangara tumanida joylashgan "X.Q.K." xususiy korxonasiga qarashli oshxonaning gaz qurilmalarini hisoblagichdan tashqari yashirin ravishda gaz tarmog‘idan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 2 milliard 887 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.