«O‘zenergoinspeksiya»ning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Farg‘ona tumanida joylashgan «B. F.» MCHJga qarashli non mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida hisoblagichdan tashqari yashirin tarmoq tortib, gaz so‘rg‘ich moslama orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2 milliard 772 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.