Bugun 1 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida aksiz markasiz hamda elektron tamaki mahsulotlarining savdoga chiqarilishining oldi olindi

Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida aksiz markasiz hamda elektron tamaki mahsulotlarining savdoga chiqarilishining oldi olindi

1️⃣ Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi va Bojxona xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan M.V. “Haval” rusumli avtomashinasida xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 64,7 mln so‘mlik 2 000 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini Farg‘ona shahrida sotish maqsadida olib kelayotgan vaqtida ushlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

2️⃣ Departamentning Sergeli tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.D.” MCHJ savdo do‘koni sotuvchisi I.E. elektron tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, ushbu savdo do‘konidan xorijda ishlab chiqarilgan 30 turdagi 259 dona elektron tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:41. O'qildi: 243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!