Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Hakimjon Dolimov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, u hokimning qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Hakimjon Dolimov 1983 yilda Buvayda tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Farg‘ona viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasida mutaxassislikdan boshlagan. Ushbu boshqarmada bosh mutaxassis, birinchi o‘rinbosar, Farg‘ona viloyati hokimining sanoat, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Milliy va hududiy investisiyalarning yo‘nalish va loyihalarini shakllantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi, Farg‘ona viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori vazifalarida ishlagan.

2021 yildan tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati hokimligi kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Kiritildi: 11:25 19.01.2025. O'qildi: 1146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!