Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Farg‘ona tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

Farg‘ona tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi


“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida Departamentning Farg‘ona tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalarining savdosi bilan shug‘ullanib kelgan M.O. “Xurshidi tobon” MFY hududidagi xonadonida xorijda ishlab chiqarilgan 964 dona "Tropikamid" nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:22. O'qildi: 145 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!