Bugun 27 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘ona shahridagi do‘kondan aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi

Farg‘ona shahridagi do‘kondan aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Sh.S.” MCHJga qarashli savdo do‘koni sotuvchisi X.T. xaridorga aksiz markasiz “Milano” nomli tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu do‘kon va omborxonasidan xorijda ishlab chiqarilgan 24 turdagi umumiy bahosi 131,2 mln so‘mlik jami 13 139 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 19:30 20.05.2024. O'qildi: 2830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!