Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.” MCHJ rahbari E.K. va boshqalar “N.Ph.” va “N.P.” MCHJlardan jami 2,2 mlrd so‘mlik dori vositalarini olib, ushbu dori vositalari sotuvidan tushgan naqd pullarini bankka topshirmasdan, jami 1,8 mlrd so‘m qarzdorligini to‘lamasdan, ukasi E.K.ning nomiga boshqa MCHJni tashkil qilib, “D.” MCHJ balansidagi tovarlarni ushbu MCHJ orqali realizasiya qilib, “D.” MCHJni qasddan to‘lovga qobiliyatsizligiga (bankrotlikka) olib kelganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 181-1-moddasi (qasddan bankrotlikka olib kelish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.