Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

“Falastinning ozodlik uchun kurashini qo‘llab-quvvatlaymiz” — Emine Erdo‘g‘on

“Falastinning ozodlik uchun kurashini qo‘llab-quvvatlaymiz” — Emine Erdo‘g‘on

Turkiyaning birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘on G‘azo xalqiga birdamlik bildirdi va Falastinning ozodlik uchun kurashini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Biz bugun G‘azoda tuproqni yostiq, osmonni ko‘rpa sifatida ishlatayotgan begunoh odamlar bilan birgamiz. Falastinning ozodlik uchun kurashini qo‘llab-quvvatlaymiz. Chunki dunyoning biron bir joyida nohaq sabablarga ko‘ra begunoh odamlar shafqatsizlarcha o‘ldirilar ekan, hech birimiz hech qayerda to‘liq xavfsiz bo‘la olmaymiz”, — dedi Emine Erdo‘g‘on.

U Falastin xalqi bilan xalqaro birdamlik kunida global vijdonga murojaat qildi.

“Biz vaqtinchalik sulhni emas, balki homilador ayollar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va qirg‘inga uchragan barcha tinch aholi uchun zudlik bilan, doimiy va barqaror tinchlikni talab qilamiz. Shak-shubhasiz, zolimga emas, zulmga dushman bo‘lganlar, qalblarini kin va nafratga to‘ldirmagan holda rahm-shafqat va birodarlikni afzal ko‘rganlar bilishlari kerakki siz yolg‘iz emassiz”, — deya ta’kidladi u.

Erdo‘g‘onning rafiqasi Turkiya nima bo‘lishidan qat’iy nazar har doim mazlum va begunohning yonida bo‘lishi, G‘azoga insonparvarlik yordami jo‘natish uchun harakat qilishini bildirdi.

“Oxir oqibat insoniyat g‘alaba qozonishiga ishonaman”, — deya xulosa qildi Emine Erdo‘g‘on.

Kiritildi: 00:00 30.11.2023. O'qildi: 1192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!