Bugun 17 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Falastinliklar shafqatsiz ravishda o‘qqa tutildi

Falastinliklar shafqatsiz ravishda o‘qqa tutildi

Isroil hujumlari G‘azo shimolida 5 kishining joniga zomin bo‘ldi, janubiy Rafah esa o‘qqa tutildi.

G‘azo shahrida jinoyatchi Isroilning uchuvchisiz uchog‘i hujumi natijasida to‘rt falastinlik halok bo‘ldi, beshinchisi esa qirg‘oq yaqinida Isroil harbiy-dengiz kuchlari tomonidan o‘ldirildi.

AQSh G‘azodagi vaqtinchalik tinchlikni aprelgacha uzaytirish va Isroil urushini butunlay to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun vaqt ajratish maqsadida "ko‘prik" rejasini taklif etdi.

HAMAS jinoyatchi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni vaqtinchalik tinchlik rejimi muvaffaqiyatli amalga oshirilishidan qo‘rqayotganlikda aybladi va uning sektorni qamal qilishi G‘azo aholisi hamda isroillik asirlarni ochlikka mahkum etayotganini ta’kidladi.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatchi Isroilning G‘azoga qarshi urushida kamida 48 524 falastinlik halok bo‘lgan va 111 955 nafari yaralangan. G‘azo hukumati matbuot xizmati esa vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab falastinliklar halok bo‘lgani taxmin qilinayotganini aytib, qurbonlar sonini 61 700 dan ortiq kishiga yetganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 19:39 15.03.2025. O'qildi: 614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!