Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Falastinliklar evaziga milliardlar? Tramp ma’muriyati Liviya bilan muhokamalar olib bormoqda

Falastinliklar evaziga milliardlar? Tramp ma’muriyati Liviya bilan muhokamalar olib bormoqda

Donald Tramp ma’muriyati falastinliklarni Liviyaga ko‘chirish evaziga AQSh tomonidan muzlatilgan milliardlab dollarlarni Tripoliga qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda NBC News xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu reja allaqachon Liviya rahbariyati bilan muhokama qilingan va G‘azo sektorining million nafarga yaqin aholisini ushbu mamlakat hududiga doimiy asosda ko‘chirish imkoniyatini nazarda tutadi.

"Garchi yakuniy kelishuvga hali erishilmagan bo‘lsa-da, Oq uy muzokaralarning borishi haqida Isroilni xabardor qilishda davom etmoqda", — deya ma’lum qildi NBC News manbasi.

Kiritildi: 10:10 17.05.2025. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!